Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda teplovoz yuk mashinasi bilan to‘qnashgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea viloyatning Kogon tumanidan o‘tuvchi qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida kecha, 6 iyun kuni soat 16:10 larda sodir bo‘lgan. Harakatlanib ketayotgan poyezd teplovozi Buxoro tumani Zarmanoq mahallasida yashovchi B.L. boshqaruvidagi “Chakman” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi, faqat transport vositalariga shikast yetgani ma’lum qilingan.
“Hozirgi vaqtda holat yuzasidan Kogon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112206
Jamiyat
94883
Jamiyat
90971
Jamiyat
75752
Jamiyat
//
Izoh yo‘q