Toshkentda avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi

Saqlash
19:43 / 07.06.2023 1092 0

Toshkent shahar yoʻlovchi transporti va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda mavjud markaziy koʻchalarni xorijiy tajriba asosida optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

 

– Toshkent shahrining Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli koʻchalarida jamoat transporti koridorlarini quyidagilarni inobatga olgan holda joriy etish:

– avtobuslar uchun alohida yoʻlaklarni tashkil etish;

– chorrahalarda svetoforlarning muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish va chorrahalarning geometrik parametrlarini oʻzgartirish orqali samaradorligini oshirish;

– yoʻnalishsiz taksi uchun yoʻlovchilarni tushirish/chiqarish maydonchalarini joriy etish;

– ehtiyojdan kelib chiqib, yoʻl transport hodisalari tahlili asosida tartibga solingan piyodalar oʻtish yoʻlaklarini joriy qilish va svetoforlarning muvofiqlashtirilgan tizimga integratsiya qilish, xavfsizlik orolchalarini joriy etish;

– jamoat transporti infratuzilmasi obyektlarini talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda rekonstruksiya qilish.

 

Shuningdek, qarorda Toshkent shahar hokimligi, «ToshkentboshplanLITI» DUK, Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirliklari birgalikda, 2 oy muddatda loyiha oldi chizmalarni ishlab chiqishlari belgilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//