Surxondaryoda Toshkentga kelish yo‘lini qariyb 150 km.ga qisqartiradigan yo‘l qurilmoqda

Saqlash
17:48 / 07.06.2023 1139 0

Surxondaryo viloyatida xalqaro ahamiyatga ega ikkita trassani birlashtiruvchi va Toshkentga yuklar yetkazilish vaqtini qisqartirishga xizmat qiluvchi yangi yo‘l qurilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yangi yo‘l M39 va M41 avtomagistrallarini qisqa masofada birlashtiradi.

 

OTB mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 4R105 Darband—Boysun—Elbayon avtomobil yo‘lining 5–70-kilometr (65 kilometr) qismini va 4R100 Mang‘uzor—Jarqo‘rg‘on—Bandixon—Oltinsoy—Denov avtomobil yo‘lining 128–174-kilometr (46 kilometr) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometrni tashkil etadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//