Jamiyat
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi 14 yoshli qiz otasi tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Viloyat sudi axborot xizmati rahbarining ma‘lum qilishicha, mazkur otaga nisbatan hukm o‘qildi.
Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida R.T. (1978-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlangan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi. R.T. oxirgi bir yil davomida muttasil ravishda o‘zining 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizini har xil so‘zlar bilan haqoratlab, urib-do‘pposlab, qiynab kelgan.
Sud hukmiga muvofiq R.T. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qayd etilishicha, ushbu hukmdan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish mumkin.
Koson tumani hokimligining maʼlumot berishicha, o‘sha kuni voqeadan mahalla xodimlari, tuman hokimligi, oila va xotin-qizlar bo‘limi xabar topib, tuman ichki ishlar organlariga otaning harakati bo‘yicha xabar berilgan.
“O‘sha kuniyoq ekspertiza tayinlanib, hozirgi kunda xulosalari ko‘rib chiqilmoqda”, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev.
Hokimlikning aniqlashtirishicha, kaltaklangan qiz otaning boshqa turmushidan tug‘ilgan farzandi bo‘lib, videodagi ona uning o‘gay onasi bo‘lgan.
“Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho‘basi mas'ullari jalb qilinib, bolaning huquqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, ota-ona bilan ham alohida suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Hozirgi kunda qiz mahalla qaramog‘iga olingan hamda uning xavfsizligi taʼminlangan. Bugungi kunda bolaning va otaning roziligi asosida uning vasiylikka berilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi hokimlik axborotida.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q