Jamiyat
6-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77 va 85-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan shaxsning voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida o‘z jazosini to‘liq o‘tab bo‘lgandan so‘ng, uning oqibatlari kelgusi hayotiga ta’sir qilmasligi va o‘z hayotini yangitdan boshlashi uchun imkoniyat berilishini ta’minlash maqsadida voyaga yetguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan, deb hisoblanishi belgilanmoqda.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam muddatini 6 oydan 1 oyga qisqartirish to‘g‘risida o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi, voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirib, voyaga yetmaganlik davrida sodir etgan jinoyati uchun jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgan shaxsga, o‘z hayotini sudlanganlik tamg‘asidan xoli tarzda yangidan boshlashiga imkon beradi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q