Jahon
Bir guruh amerikalik olimlar koronavirusning "delta" shtammiga qarshi eng samarali vaksinani aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Natijalarga ko‘ra, "MedRxiv" ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, tadqiqot davomida olimlar Moderna va "Pfizer/BioNTech" vaksinalarining samaradorligini, xususan, 2021 yilning boshidan iyulgacha Moderna preparati bilan emlanganlarda koronavirusning "delta" shtammidan himoya samaradorligi 86 foizdan 76 foizgacha pasayganini, "Pfizer/BioNTech" preparatining samarasi esa 76 foizdan 42 foizgacha kamaygani tahlil qilgan.
Shu tariqa Moderna ning "delta" shtammiga qarshi himoyalay oladigan preparat ekani aniqlangan. Tadqiqotchilar ikkala preparat ham og‘ir COVID-19 kasalligining oldini olishda va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan asoratlardan himoya qilishda yuqori samaradorligini tan olgan. Biroq ko‘plab mutaxassislar koronavirusga qarshi emlanishdan olti oy o‘tgach, odamlar vaksinaning uchinchi dozasini qabul qilishi kerakligini aytgan. Ma’lumot uchun, yurtimizga AQSHdan Moderna vaksinasining 3 million 60 dozasi keltirilgandi.
Avvalroq saytimizda Nyu York shahrida koronavirusning yangi shtammi aniqlangani va yurtimizda to‘liq dozada emlanganlar sonini e’lon qilgan edik.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q