Madaniyat
Surxondaryo viloyatida joylashgan 4000-yillik Jarqoʻton yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga koʻmilgan odam qabrlari topildi.
Madaniy meros agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugungi kunda Oʻzbekiston—Fransiya qoʻshma ekspeditsiyasida Fransiya milliy tadqiqot markazi, Termiz davlat universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti arxeolog olimlari ishtirokida qazishma ishlari olib borilmoqda.
Jarqoʻton yodgorligi Oʻzbekistonda yagona boʻlgan eng qadimgi shahar hamda Oʻrta Osiyodagi dastlabki sivilizatsiya beshigi hisoblanadi. Hozirga qadar yodgorlikning hukmdor saroyi, Oʻrta Osiyoning ilk ibodatxonasi va mingdan ortiq qabrlar ochib oʻrganilgan.
“Davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida vohadagi 10 ta madaniy meros obyektlarida dunyoning yetuk arxeologiya institutlari va ilmiy markazlari olimlarini jalb qilib, oʻrganish ishlarini olib borish topshirigʻi berilgan”, — deyiladi xabarda.
Bugungi kunda topshiriqqa asosan viloyatning turli manzillarida arxeologik qazishma va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q