Madaniyat
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida boshlangan yoshlar oyligi Qoraqalpogʻiston Respublikasida davom etmoqda. Bugungi tadbirlarni “Kitob karvoni” boshlab berdi.
.jpg)
Anjumanga “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, yozuvchi-shoirlar, olim va sanʼatkorlar hamda faol talabalar yig‘ildi. Tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.
.jpg)
“Prezidentimiz Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, maʼrifatli jamiyat qurishimiz kerak, degan vazifani oldimizga qoʻydi. Xoʻsh, ushbu vazifalarni kim amalga oshiradi? Albatta, bilimdon yoshlar bu borada bizlarga qanot boʻladi. Misol keltirsam, bir necha yillar muqaddam Qoraqalpogʻistonda 1 ta oliy taʼlim muassasasi bor edi. Hozir 10 dan ortiq. Bunday imkoniyatlarning barchasi yoshlar, yaʼni sizlar bilim olishingiz uchun yaratilmoqda.
Oʻgʻil-qizlarimiz bu kitoblarni maroq bilan oʻqishiga ishonaman. Axir, kitob javonda saqlash uchun emas, mutolaa qilish uchun olinadi. Biz esa kitobni avaylagimiz keladi. Men bu kitoblarning oʻqilaverganidan yirtilib ketishini xohlayman”, dedi Abduxalil Mavrulov.
.jpg)
Maʼlumot uchun, “Kitob karvoni” doirasida Qoraqalpogʻistonga 3 mingdan ortiq kitoblar keltirildi. Ular hududdagi taʼlim muassasalariga tarqatiladi.
.jpg)
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
110901
Jamiyat
94482
Jamiyat
90405
Jamiyat
74367
Jamiyat
//
Izoh yo‘q