Jamiyat
Joriy yilning 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “KTJ” terroristik tashkilotining yashirin jamoati aʼzolari, mazkur tashkilot gʻoyalarini targʻib qilish bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlandi va ular qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ular jamoat boʻlib shakllanishlari davomida turli diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning gʻoyaviy rahnamolari hisoblangan “Abdulloh Zufar” va «Sodiq Samarqandiy»ning audio va video maʼruzalarini tarqatgan holda saflarini kengaytirish bilan shugʻullanishgan.
Bundan tashqari, jamoat aʼzolari Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida moddiy mablagʻlarni toʻplab kelishgan va ularning saflariga qoʻshilishni maqsad qilishgan.
Holat yuzasidan Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
109866
Jamiyat
94210
Jamiyat
90042
Jamiyat
73241
Jamiyat
//
Izoh yo‘q