O‘zbekistonda Zilzila mobile dasturi yaratildi

Saqlash
16:44 / 02.06.2023 1687 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan zilzilada aholining barcha qatlamini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishga mo‘ljallangan mobil dastur yaratildi.

 

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ilova keng jamoatchilik tomonidan bepul yuklab olish uchun Google Play (Play Market) platformasiga Zilzila mobile nomi bilan joylashtirilgan (hozircha App Store`da mavjud emas). Yuklab olingan dastur o‘rnatilgandan so‘ng foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan til tanlanadi. Dasturda 3 ta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) ishlash imkoniyati yaratilgan.

 

Unda zilzila paytida, oldin va keyin (manzillarga qarab) qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi, shuningdek, yer silkinishining kelib chiqish sabablari, halokatdan so‘ng yordam ko‘rsatish haqidagi ma’lumotlar hamda fuqarolarning tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar joylashtirilgan.

 

Avvalroq 1-dekabrdan kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushirilishi ma’lum qilingandi. Bunda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil dasturi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuborilishi aytilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//