Jamiyat
Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asari dunyodagi eng yaxshi bolalar adabiyotining top 100 taligiga kiritildi. Bu haqda “Xabar.uz” “BBC Culture” nashriga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1-iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan butun dunyo boʻylab 177 nafar ekspert oʻrtasida soʻrov oʻtkazilgan. Ular barcha davrlardagi 100 ta eng yaxshi bolalar adabiyoti roʻyxati tuzishgan.
Nashr tomonidan taqdim qilingan roʻyxatning yuqori oʻrinlardan Lyuis Kerrollning “Alisa moʻjizalar mamlakatida”, Astrid Lindgrenning “Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson”, Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichik shahzoda” asarlari va boshqa adabiyotlar oʻrin egallagan.
Eʼtiborli jihati, oʻzbek adabiyotining yetakchi namoyandalaridan biri Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asari ham ushbu top 100 talik roʻyxatiga kiritilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111035
Jamiyat
94509
Jamiyat
90450
Jamiyat
74504
Jamiyat
//
Izoh yo‘q