Jamiyat
Fanlar akademiyasida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ilk bor chop etilgan “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning taqdimoti oʻtkazildi.
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati” Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son farmoni bilan tasdiqlangan 2020—2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020—2022-yillarda amalga oshirish dasturiga asosan ilk bor lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlangan va 6 jilddan iborat.
Izohli lugʻat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Fanlar akademiyasi hamda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida tayyorlangan.
Izohli lugʻatdan hozirgi oʻzbek adabiy tilida keng isteʼmolda boʻlgan 80 mingdan ortiq soʻz va soʻz birikmalari, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid terminlar, bir necha shevada qoʻllanadigan soʻzlar, baʼzi tarixiy va eskirgan atamalar oʻrin olgan.
2020-yilda nashr etilgan “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” kirill yozuvida 5 jilddan iborat boʻlsa, bu nashr 6 jilddan iborat va unga 5 000 ga yaqin yangi soʻz kiritilgan. Izohli lugʻatning dastlabki jildlarini tayyorlashda marhum olimlar — akademik Azim Hojiyev, akademik Toʻra Mirzayev, akademik Ernis Begmatov bevosita ishtirok etgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Озода Мақсудова
12:01 / 01.01.1970
Ушбу луғат чоп этилганидан жудаям мамнун бўлдим ва барча масъулларга миннатдорчилик билдирмоқчиман. Қаердан олсак бўлади?