Jamiyat
O‘zbekistonda ko‘z to‘r pardasini jarrohlik amaliyoti bilan ko‘chirib o‘tkazish joriy etilishi mumkin, deya xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida xalqaro miqyosda simpozium bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Buyuk Britaniya, Shveysariya va O‘zbekistonning professor olimlari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Simpoziumda britaniyalik professor Gordon Plant nevrologiya va neyrooftalmologiya yo‘nalishlarida qanday fundamental tekshiruvlar mavjudligi va sohadagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Yana bir britaniyalik professor Lindon Da Kruz regenerativ tibbiyot xususida ma’ruza o‘qidi. Ko‘z to‘r pardasi ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini o‘z ichiga olgan nutqida olim 20 yillik tajribasi bilan bo‘lishdi. Ko‘zning to‘r pardasini muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha bu vaqt mobaynida qanday tekshiruv va tadqiqotlar o‘tkazilgani haqida ma’lumot berdi.
“Ilgari bu borada gap ketganda „umuman iloji yo‘q“, der edik. Ko‘p yillik ilmiy izlanishlar natijasida buning imkoni borligi isbotlandi. Endilikda ushbu laboratoriyalarning qanday tashkil etilgani, ularni O‘zbekistonda ham joriy etish bo‘yicha o‘rganish olib borishni reja qildik. Agar bu amaliyot mamlakatimizda ham qo‘llana boshlansa, to‘r parda bilan bog‘liq kasalliklar tufayli ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan bemorlar dunyoni yana o‘z ko‘zlari bilan qayta ko‘ra oladi”, — deydi markaz direktori Azamat Yusupov.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q