Toshkent viloyatida fuqaro oʻzi tashlagan chiqindini oʻzi tozalab, 1,6 mln soʻm jarima ham toʻladi

Saqlash
20:30 / 30.05.2023 1000 0

Tabiat resurslari vazirligi tomonidan oʻrnatilgan kuzatuv kameralari noqonuniy chiqindi tashlash bilan bogʻliq navbatdagi huquqbuzarlikni tasvirga oldi.

 

Yangiyoʻl shahridagi (Toshkent viloyati ) Yangibogʻ MFY hududida fuqaro F.S. davlat raqami “10 C 335 BA” boʻlgan Damas rusumli avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan.

 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91PRIM 1-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzar oʻzi tashlagan chiqindi oʻzi tozaladi va 1 mln 650 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//