Jamiyat
Xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining 87 foizi ularning oilalarida, 9 foizi koʻchalarda, 2,4 foizi jamoat joylarida sodir etilgan. Bu haqida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021-yilda zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga murojaat qilgan 7 226 nafar fuqarolardan 3 320 nafariga psixologik, 2 784 nafariga huquqiy, 240 nafariga tibbiy va 879 nafariga boshqa yordamlar koʻrsatilgan.
Zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 32 154 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgan. Ularning 320 nafari voyaga yetmagan, 8 937 nafari 18-30 yosh orasida, 22 mingdan ortigʻini 30 yoshdan oshgan ayollar tashkil etmoqda.
1 833 ta tazyiq oʻtkazgan, zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar himoya orderi talablarini bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga koʻra maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112159
Jamiyat
94843
Jamiyat
90913
Jamiyat
75696
Jamiyat
//
Izoh yo‘q