Jahon
Hindistonda mahalliy amaldor rasmga tushayotgan vaqtda tushirib yuborgan telefonini topish suv omborini quritdi. Buning oqibatida amaldor ishdan boʻshatilgan, deb xabar bermoqda CNN.
Oziq-ovqat inspektori Rajesh Vishvasga tegishli Samsung telefonini olish uchun toʻrt kun davomida Paralkot suv omboridan 2 million litrdan ortiq suv chiqarilgan.
Maʼlum boʻlishicha, dam olish kunlarida Vishvas Hindistonning markaziy qismidagi Chhattisgarxvit shtatida doʻstlari bilan sayr qilayotgan chogʻda telefonini suvga tushirib yuborgan.
Amaldor telefonini olish uchun “nasos” ijaraga olib, suvni yaqin atrofdagi kanalga yoʻnaltirgan. Amaldor suvni chiqarishga ruxsat olganiga hammani ishontirgan.
Shuningdek, u mahalliy aholidan telefonni topishda yordam berishni soʻragani, biroq suvning koʻpligi bunga imkon bermaganini aytgan.
Shu tariqa Vishvas oʻz lavozimini suiisteʼmol qilgan va jaziramada millionlab litr suvni isrof qilgan degan xulosaga kelindi. Rasmiylar, shuningdek, amaldorga suvni chiqarish uchun hech qanday ruxsat berilmaganini taʼkidlagan.
Vivshasning oʻzi esa harakatlarini telefonda “hukumatning maxfiy maʼlumotlari borligi va uni oʻchirib tashlash kerak boʻlgani” bilan izohlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q