Jamiyat
Toshkent shahri va viloyatida 2023—2024-yillarda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida 13 ta maktab quriladi. Bu haqda prezidentning 25-mayda imzolangan tegishli qarorida belgilandi.
Hujjatga koʻra, oʻquvchilarga sifatli taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida (1 ta), Toshkent viloyatining Zangiota (5 ta), Oʻrtachirchiq (2 ta), Qibray (3 ta), Toshkent (2 ta) tumanlarida davlat-xususiy sherikchilik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan maktablar quriladi.
Buning natijasida 13 860 ta qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni, 1 300 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Toshkent viloyatidan poytaxtga qatnab oʻqiydigan oʻquvchilar soni 20 foizga qisqaradi.
Qarorda belgilanishicha, respublikaning boshqa hududlarida ham davlat-xususiy sherikchilik asosida maktablar tashkil etish choralari koʻriladi.
18-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Namangan va Fargʻona viloyatlarida 15 ta maktab qurib berish boʻyicha kelishuvga erishilgandi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
109999
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73438
Jamiyat
//
Izoh yo‘q