Sport
Professional boksning yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida harakat qiladigan Shahram Gʻiyosov (13-0, 9 KO) navbatdagi jangini AQSHda o‘tkazadi.
Matchroom Boxing’ning ma’lum qilishicha, 17-iyun kuni Yangi Orlean shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida O‘zbekiston vakiliga amerikalik Harold Kalderon (27-0, 18 KO) raqib bo‘ladi.
Qayd etish kerak, ushbu jang g‘olibi WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogarga aylanadi.
Gʻiyosov so‘nggi jangini 2022-yilning may oyida o‘tkazib, 10 raund davom etgan jangda meksikalik Kristian Gomesni mag‘lub etgandi.
Kalderon esa oxirgi marta 2022-yil sentabrida ringga ko‘tarilgan va 3-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongan.
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q