Madaniyat
O‘zbek raqs san’ati og‘ir judolikka uchradi. Taniqli raqqosa, o‘zbek raqs san’atida o‘z maktabini yaratgan O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Do‘stmuhamedova 1946 yilning 25 oktyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab 1965 yilda Toshkent davlat universitetini, 1977 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi San’at va madaniyat instituti) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1965 yilda Munavvar Qori Yoqubov nomidagi O‘zbek Davlat filarmoniyasi balet solisti sifatida boshlagan va 1989 yilga qadar faoliyat olib borgan. Keyinroq “O‘zbekiston” Teatr-studiyasi solisti (1989-1991), Toshkent davlat madaniyat instituti Xalq musiqasi kafedrasi o‘qituvchisi (1991-1995), Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamg‘armasi qoshidagi milliy mumtoz raqs dastasining bosh badiiy rahbari sifatida (1999-2005) faoliyat yuritgan.
Qizlarxon Do‘stmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. “Go‘zal”, “Tong malikasi”, “Go‘zal tong”, “Intizor”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Nozli” kabi zamonaviy, shuningdek, “Munojot”, “Tanavor”, “Mo‘g‘ulchai segoh”, “Qorako‘zim”, “Guluzorim”, “Savti miskin” va bilan mumtoz raqslari mashhur.
“Shashmaqom” telefilmida qatnashgan (1972), “Tanavor” raqs ansambli (Siyetl, AQSH)da o‘zbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSH Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis kabi mamlakatlarda gastrol safarlarida bo‘lgan. Do‘stmuhamedova ijodiga bag‘ishlab “Nafosat guldastasi” nomli film ishlangan (1985). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (2000).
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q