Sport
25-may kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida kelgusi yilning aprel—may oylarida Qatarda oʻtkaziladigan futbol boʻyicha U-23 Osiyo Kubogi bahslarining saralash bosqichiga qurʼa tashlandi.
Unga koʻra, Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa E guruhidan joy oldi. Guruhda Oʻzbekistondan tashqari, Eron, Afgʻoniston va Gongkong jamoalari ham oʻrin oldi.
Musobaqa saralash bosqichida 11 ta guruhda 43 ta jamoa kurash olib boradi. Saralash guruhlari gʻolib jamoalari va yana 2-oʻrinni egallagan 4 ta jamoa Osiyo Kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Saralash bahslari shu yilning 4—12 sentabr kunlari boʻlib oʻtadi. E guruhi saralash oʻyinlari Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.
Osiyo birinchiligi 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining erkaklar oʻrtasidagi futbol bahslariga saralash bosqichi vazifasini ham oʻtaydi. Musobaqaning uchta sovrindor jamoasi OFK vakili sifatida Parij mezbonligidagi Olimpiadaga yoʻllanma oladi, 4-oʻrinni egallagan jamoa esa Afrika qitʼasi vakili pley-off oʻyinini oʻtkazadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q