Sport
Oʻzbekiston tarixidagi qilichbozlik boʻyicha birinchi xalqaro hakam Aida Hasanova vafot etdi. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov Oyina.uzga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 23-may kuni soat 14:00 da xususiy klinikada kosmetologik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan 39 yoshli Aida Hasanovaning sog‘lig‘i og‘irlashgan. Shu sababli u klinika shifokori tomonidan shifoxonaga yotqizilgan.
Biroq, shifoxona shifokorlari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tez tibbiy muolajalariga qaramasdan, shu kuni taxminan soat 18:30 larda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Marhumaning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, Aida Hasanova 1998, 1999, 2000 va 2002-yillardagi qilichbozlik rapieri boʻyicha Oʻzbekiston chempioni, 2008-yil sentyabr oyida qilichbozlik sablya boʻyicha Oʻzbekiston kubogi sohibi hisoblanadi. Aida 2007-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida va 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.
2014-yilda Oʻzbekiston tarixidagi qilichbozlik boʻyicha birinchi xalqaro hakam boʻlgan. Xuddi shu yildan u Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi (FIE) xalqaro chempionatlar va musobaqalar hakami edi.
Aida Hasanova dunyoning eng kuchli 5 hakami qatorida edi. U turmush qurgan, ikki farzand - bir o'g'il va bir qizning onasi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q