Sogʻliqni saqlash tizimidagi qurilish loyihalariga turkiyalik mutaxassis rahbarlik qiladi

Saqlash
10:14 / 23.11.2021 827 0

Vazirlikning sogʻliqni saqlash muassasalarini loyihalash boʻyicha bosh tashkiloti boʻlgan «Oʻztibloyiha» MCHJga turkiyalik tajribali mutaxassis Guray Kaymak direktor etib tayinlandi», - deya xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 48 yoshli tajribali meʼmor Turkiyada “Bayindir tib merkezi” tomonidan quriladigan tibbiyot muassasalarini loyihalashtirishda ishtirok etgan. Shuningdek, poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasi binocini loyihalashtirishda ham faollik koʻrsatgan meʼmor 2020-yilda foydalanishga topshirilgan Namangandagi zamonaviy kutubxona binosi loyihasining asoschisi ham.

Guray Kaymak zimmasiga tibbiyot yoʻnalishiga oid qurilish obyektlarini eng ilgʻor andazalardan foydalanib loyihalashtirish yuklatilgan. Shuningdek, u ilmiy-texnik konstruktorlik loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish hamda bu borada texnik yordam koʻrsatish, innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnik yangiliklar va nou-xaularni ishlab chiqish kabi vazifalarni bajarishga ham boshchilik qiladi.

Bundan tashqari, endilikda hududlarda mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlanayotgan har bir tibbiyot muassasasi loyihasi G.Kaymak boshchiligidagi «Oʻztibloyiha» tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//