Jamiyat
1977-yildan boshlab har yili 18-mayda dunyodagi 150 ga yaqin davlatda Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Bu haqda 1977-yilda Moskva va Leningrad shaharlarida oʻtkazilgan ICOM (International Council of Museums – Xalqaro muzeylar kengashi)ning XI konferensiyasida qaror qilingan edi.
Bayramning maqsadi zamonaviy muzeylarning salohiyati va tarixiy-madaniy merosini koʻrsatish, keng auditoriya oʻrtasida ilmiy-maʼrifiy va taʼlim ishlarini olib borishdan iborat. Anʼanaga koʻra, bayramga yangi koʻrgazmalar, maʼlum mavzuga bagʻishlangan festivallar, “muzeyda tun” dasturi, maʼruzalar, teatr tomoshalari, bepul ekskursiyalar, ilmiy oʻqishlar oʻtkaziladi.
1992-yildan eʼtiboran Xalqaro muzeylar kuni bayrami maʼlum bir mavzuga bagʻishlab nishonlanadi.
Ajoyib anʼanalardan yana biri, 18-mayga yaqin dam olish kunlari, shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi boʻlib oʻtadigan “muzeyda tun” dasturining oʻtkazilishidir. Ushbu tadbir birinchi marta 1997-yilda Germaniyada tashkil etilgan va hozirgacha har yili oʻtkazib kelinadi.
Bugun Oʻzbekistondagi aksariyat muzeylarda madaniy tadbirlar, jumladan “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtadi, buning natijasida tashrif hamma uchun bepul boʻladi.
Avvalroq, Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida soat 9:00 dan 18:00 gacha ochiq eshiklar kuni tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q