Jamiyat
Har yili 18-may kuni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Uni nishonlash to‘g‘risidagi qaror 1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilingan.
O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida soat 9:00 dan 18:00 gacha ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi.
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida bayram munosabati bilan quyidagi qator tadbirlar o‘tkaziladi:
18-may
19-may
24-may
25-may
26-may
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida soat 10:00 dan 16:00 gacha miniatyura, xattotlik, abra va qo‘lbola ipak qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”ga ma’muriyat.
O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyida muzey faoliyati va tarixiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirlar mamlakatning boshqa muzeylarida, xususan, I.V.Savitskiy nomidagi san’at muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida 19-may kuni Open Air Fest va “Muzeyda tun” tadbiri o‘tkaziladi.
18-may kuni barcha davlat muzeylariga kirish bepul.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q