Sport
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Birodar Abduraimovning 80 yoshlik va Igor Shkvirinning 60 yoshlik yubileyi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Odil Abdurahmonov, OʻFA rahbari Abdusalom Azizov, yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, qoʻshni davlatlardan tashrif buyurgan futbol faxriylari, yaqin va uzoq oʻtmishdagi futbolimiz yulduzlari ishtirok etgan tadbirda Birodar Abduraimov va Igor Shkvirinni yubiley bilan muborakbod etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq Birodar Abduraimov “Mehnat shuhrati”, Igor Shkvirin “Doʻstlik” ordenlari bilan mukofotlandi.
Yigʻilishda har ikki futbol mutaxassisining bilim va tajribasi mamlakatimizda sportni rivojlantirish, oʻzbek futboli anʼanalarini shakllantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish borasidagi xizmatlari, milliy terma jamoalar uchun isteʼdodli futbolchilarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga munosib hissa qoʻshib kelayotgani eʼtirof etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q