Jahon
Qozogʻistonning Almati oblastidagi Knijevskiy suv omboridan toʻgʻon yorilib ketdi.
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi Talgat Ualiga koʻra, ayni damda aholi punktlarini suv bosishi xavfi yoʻq.
Uning qoʻshimcha qilishicha, 21-noyabr kuni soat 23:13 da Olmaota viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Almati oblastidagi Knijevskiy suv ombori toʻgʻonining korpusi shikastlangani, teshikning kengligi 5 metr ekanligi haqida xabar kelib tushgan.
“Suv ombori 4,47 million kub metr suvga moʻljallangan boʻlib, hozirda u 50 foizga toʻlgan. Oqib chiqayotgan suvning taxminiy hajmi sekundiga 30 kub metrni tashkil qiladi. Yoriqdan chiqqan suv Qargʻali daryosi irmogʻiga oqmoqda va undan soʻng Ili rayonidagi Kurti suv omboriga quyiladi”, – dedi FVV vakili.
Hozirda Kurti suv ombori 14 foizga toʻlgan, loyihaviy hajmi 120 mln kub metrga teng.
Hodisa oqibatida hech kim halok boʻlmagan. Ayni damda aholi punktlarini suv bosishi xavfi yoʻq.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q