2021-yilda xalq taʼlimida 8 000 dan ortiq mehnatni muhofaza qilish talablari buzilgan

Saqlash
16:26 / 22.11.2021 874 0

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati majburiy mehnatni oldini olish, mehnatni muhofaza qilish va aholi bandligi masalalari yuzasidan maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, oʻtgan 10 oy mobaynida Davlat mehnat inspeksiyasiga kelib tushgan 20 814 ta murojaatning 10 441 tasida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilishlar mehnatni muhofaza qilish talablarini taʼminlash yuzasidan sohalar boʻyicha tahlil qilinganda:

 

- xalq taʼlimi tizimidagi tashkilot va umumtaʼlim maktablarida 8386 ta;

- maktabgacha taʼlim muassasalarida 6520 ta;

- tibbiyot muassasalarida 2770 ta;

- qurilish sohasida 2473 ta;

- qishloq xoʻjaligida 497 ta;

- oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida 803 ta;

- sanoat korxonalarida 679 ta;

- transport sohasida 517 ta;

- savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarida 229 ta holatlarda mansabdor shaxslar tomonidan xodimlarning huquqlari buzilgani aniqlangan.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud tartibida kiritilgan daʼvo arizalar jami 1278 ta boʻlib, shundan 934 tasi qanoatlantirilgan hamda 1,5 mlrd soʻmdan ortiq ish haqlari va boshqa toʻlovlar undirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//