Jahon
Kobulda Madaniyat va axborot vazirligi, bir nechta vazirliklar hamda jurnalistlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda ommaviy axborot vositalari bundan buyon qay shartlarga koʻra ish olib borishi koʻrib chiqildi. Majlisga koʻra:
– OAV islom qadriyatlari va milliy qiziqishlarni inobatga olishi;
– Islom meʼyorlarini saqlash maʼnosida hukumat va OAV birga ishlashi;
– Ayol boshlovchilar hijob oʻrashi;
– Ayollar oʻynagan dramatik film va koʻrsatuvlar qoʻyilmasligi;
– Afgʻonlarmi, boshqalarmi, axloq qoidalariga toʻgʻri kelmaydigan filmlar qoʻyilmasligi;
– Badanning ochiq qismi koʻrsatilgan, Paygʻambar va sahobalar haqidagi filmlarni qoʻyish qattiq taʼqiqlanishi;
– Dramatik filmlar dinga zid boʻlishi va qadriyatlarni oyoqosti, yumoristik filmlar esa birovni kalaka qilmasligi zarur.
Shuningdek, xorij madaniyatini targʻib qiladigan chet el mahsulotlari ham televideniyeda namoyish qilinmaydigan boʻldi. Telekanallarda, asosan, xorij manbalaridan olingan shou va dramalar namoyish qilib kelingan. Shuning uchun kanal egalari yangi tartib sabab ishlari toʻxtab qolishidan xavotir bildirmoqda.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q