Jamiyat
Toshkent shahrida 9-may kuni yuzdan ortiq shaxs “Birodarlar qabristoni”da O‘zbekiston SSR bayrog‘i ostida “Birodarlar qabristoni”da yurish qilgan edi.
Voqeani o‘z Telegram kanalida joylagan Nikita Makarenko “Kecha Bratskiydagi (Toshkentdagi “Birodarlar qabristoni”) ushbu karnavalda jiddiylik bilan “O‘rtoq Stalinga, ura!” deb qichqirgan holda O‘zbekiston SSR bayrog‘i ostida yurish qildi. Qodiriy, Fitrat va boshqa minglab yurtdoshlarimizning qotili uchun “ura”mi?”, – deya o‘z eʼtirozini bildirgan.
Holat yuzasidan “Daryo.uz”ga izoh bergan Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova: “Bu yerda jamoat tartibi buzilmagan, fuqarolar piyodalar yo‘lakchasida yurishibdi. Bu ommaviy tadbir emas”, – deb javob bergan.
Shuningdek, jurnalistning “Shu tartibda, yaʼni piyodalar yo‘lagida 100 nafardan ortiq shaxs yurish qilishi mumkin va bu noqonuniy emasmi?”, — degan savolini Toshkent shahar IIBB mulozimi javobsiz qoldirgan.
Qonunchilik nima deydi?
Ommaviy tadbirlar Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tartibga solinadi. Boisi O‘zbekistonda mitinglar to‘g‘risidagi qonun yo‘q.
Ommaviy tadbirni o‘tkazish uchun ruxsatnomalar Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda maxsus elektron axborot tizimi orqali beriladi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarida “ommaviy tadbir” tushunchasiga izoh berilgan. Unga ko‘ra, 100 va undan ko‘p kishilarning ishtirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, syezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va ko‘ngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va o‘yinlar, ko‘riktanlovlar va boshqalar), shuningdek, umumxalq, diniy, kasb bayramlarini o‘tkazish maqsadida ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari, deb belgilangan.
“Daryo” nashrining “Birodarlar qabristoni”da o‘tkazilgan ommaviy tadbir uchun ruxsatnoma olingani yoki qonuniyligi yuzasidan berilgan Vazirlar Mahkamasining axborot xizmati bilan bog‘lanib, izoh so‘radi. Ammo mahkama vakili so‘rovni javobsiz qoldirdi.
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi “Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish”, 202-moddasi esa “Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish” haqida.
Jinoyat kodeksining 217-moddasida esa shu turdagi huquq bu MJtKning 201-moddasi “Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish”, 202-moddasi esa “Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish” haqida. Jinoyat kodeksining 217-moddasida esa shu turdagi huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Javobgarlikka tortilganlar bor
Mitinglar, ko‘cha yurishlarini tartibga soluvchi O‘zbekistonda Mitinglar to‘g‘risidagi qonun bir necha yildan buyon qabul qilinmay kelinyapti. Vazirlar Mahkamasining Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarida ham “miting”, “ko‘cha yurishlari” terminlari qayd etilmagan va izohlanmagan.
Normalarda tartibi yo‘q bo‘lsa-da, Mamʼuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda va Jinoyat kodeksida “Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish” termini qo‘llanilgan va bu uchun fuqarolar jazolanib kelinmoqda.
Masalan, Farg‘ona viloyatida 2022-yilning dekabr oyida bloger Olimjon Haydarov zavodni gazdan uzib qo‘yilgani uchun norozilik bildirgan 20 ga yaqin ishchini internet tarmog‘iga joylagan. Unga nisbatan Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) 1-qismi va 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan ma‘muriy huquqbuzarlik harakatlari bo‘yicha ish ko‘rilgan.
Sudning qarori bilan Haydarov Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yuqorida ko‘rsatilgan moddalarida nazarda tutilgan ma‘muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga mazkur kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma‘muriy jazo qo‘llash) tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari (21 000 000 so‘m) miqdorida jarima solingan.
Fevral oyida esa Toshkent shaharida yana bir bloger yigit avtoturargoh oldida fan klub aʼzolarini chaqirib, ular bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi bo‘lgan va ularga sovg‘alar tarqatishini bildirgan. Uchrashuvga taxminan 130-140 nafarga yaqin voyaga yetmagan bolalar yig‘ilgan. Ushbu holatda blogerga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q