“Oʻzgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi

Saqlash
20:23 / 22.11.2021 1121 0

Oʻzbekistonda haftaning katta qismida ob-havo iliq, lekin baʼzi joylarda yomgʻirli boʻlishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Respublika Gidrometeorologiya markazi.

 

Qayd etilishicha, 22-noyabr kuni Oʻzbekistonda quruq va iliq ob-havo boʻladi, faqat Toshkent viloyatida kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 13-18 daraja iliqqacha isiydi, bu meʼyordan 3-5 darajaga yuqoridir.

 

23—24-noyabr kunlari anomal iliq ob-havo saqlanib turadi, biroq Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 23-noyabrda respublikaning janubi-gʻarbiy, 24-noyabrda janubiy tumanlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Harorat fon 13-18 daraja iliq atrofida boʻladi.

 

25—26-noyabr kunlarida Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyi hududlaridan yana antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda. 25-noyabrda respublikaning shimoliy hududlariga, 26-noyabrda respublikaning qolgan hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

 

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Havo harorati kechalari bulutlilik bilan 9-11 daraja iliqqacha koʻtariladi. 26-noyabrga kelib esa kunduz kunlari meʼyoriy qiymatlargacha pasayadi va 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//