Chiroqchining 32 ta mahallasi Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkaziladi

Saqlash
19:45 / 22.11.2021 2475 0

Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisida Xalq deputatlari Chiroqchi tuman kengashi tomonidan qaror imzolandi.

 

Unga koʻra, “Ayritom”, “Baxt”, “Beglamish”, “Koʻkdala”, “Qanotli”, “Naymansaroy”, “Oltin boshoq”, “Oltin dala”, “Paxtalisoy”, “Soyboʻyi”, “Taloqtepa”, “Toshli”, “Umakay”, “Oʻtamayli”, “Xarduri”, “Xoʻjaobod”, “Xushali”, “Chorvador”, “Shoʻrbozor”, “Shoʻrquduq”, “Eski anxor”, “Torjilgʻa”, “Guliston”, “Annaruz”, “Zum”, “Gʻallakor”, “Qumdaryo”, “Suvliq”, “Toʻqmor”, “Uymovut”, “Chiyal” va “Chuvulloq” mahallalar Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkazilmoqda.

 

Ushbu MFYlar iltimosnomalari inobatga olinib, mazkur 32 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkazishga rozilik berildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Chiroqchi tumanini ikkiga boʻlish va yangi Koʻkdala tumanini tashkil etish boʻyicha taklif bildirgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//