Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida “Ajdodlar xotirasiga ehtirom” loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab ziyoratgoh va qabristonlarda hashar uyushtirilmoqda.
Рoytaxtimizning “Shayx Zayniddin bobo”, “Chigʻatoy” qabristonlarida oʻtkazilgan obodonlashtirish ishlarida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti xodimlari va bir guruh ziyolilar faol qatnashdi.
Xayrli yumushlarga kirishishdan oldin muqaddas oyatlardan oʻqilib, oʻtganlar haqqiga duo qilindi.
Qabriston hududi tozalanib, yoʻlaklar supirib-sidirildi. Daraxt va butalar sugʻorildi. Maʼmuriyat koʻrsatgan ochiq joylarga, qabr atroflariga gul va rayhon koʻchatlari ekildi.
– Xalqimizda ajdodlarning yorqin xotirasini abadiylashtirish, mangu qoʻnimgohlarini obodonlashtirish xayrli anʼanaga aylangan, – deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo. – Biror yurtning farovonligini bilmoqchi boʻlsang bozorini, biror xalqning diyonatini bilmoqchi boʻlsang mozorini koʻr, degan naql bejiz aytilmagan. 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan hasharlar yosh avlod ongida Vatan uchun jon fido qilgan, ulkan ilmiy-tarbiyaviy meros qoldirgan ota-bobolarga ehtirom tuygʻusini kuchaytirish, tarixiy qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni saranjom-sarishta tutish yuksak qadriyat ekanligini targʻib etishga xizmat qiladi.
“Ajdodlar xotirasiga ehtirom” loyihasi doirasidagi hasharlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlim va boʻlinmalari tomonidan mamlakat boʻylab davom ettirilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q