Madaniyat
3-may kuni Toshkentda Oʻzbekiston tarixida ilk bor mashhur rassomlarning “Tasviriy sanʼat asarlari” auksioni boʻlib oʻtdi.
Auksionda atoqli rassom Oʻrol Tansiqboyev moʻyqalamiga mansub “Ayol portreti” asari 190 million soʻmga sotildi. “Ayol portreti” Toshkent birinchi auksionida eng qimmati boʻldi.
Tadbirda taniqli rassomlar, olimlar, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari, yetakchi tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Auksion uyining asosiy maqsadi – Yangi Oʻzbekistonda rassom va amaliy sanʼat ustalari tomonidan yaratilgan sanʼat asarlarini doimiy sotib oladigan kolleksionerlar sinfini shakllantirish orqali respublikada sanʼat asarlarini zamonaviy bozorini shakllantirish va ularni dunyo sanʼat bozorlariga olib chiquvchi platformani yaratishdan iborat.
Auksionga Oʻzbekistonda uzoq yillar yashab, faoliyat koʻrsatgan mashhur tasviriy sanʼat ustalarining noyob asarlari qoʻyildi. Asarlarni tanlashda asosan badiiy darajasi yuqori ishlar tanlandi. Ular ichida Abdullayev S.F.Ufimsev, V.A.Nikolayev (Usta Moʻmin), Ujinskiy, I.V.Rojdestvenskiy, V.L.Abdulxak va boshqalar bor.
Eʼtiborli tomoni, ilk bor auksionga qoʻyilgan barcha ishlar “Art appraisal center” baholash kompaniyasi tomonidan baholandi va “Apex” sugʻurta kompaniyasi tomonidan sugʻurtalandi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q