Jamiyat
Joriy yilning 3-may kuni Moskvaning Strogino tumanida 15 yildan buyon koʻcha supuruvchisi boʻlib ishlab keladigan oʻzbekistonlik Usmon Meliyev shu yerda yashovchi oilaning eʼtiborsizligi sabab axlatga tashlab yuborilgan 5 mln rubl miqdoridagi pullarini topib berdi.
Maʼlum boʻlishicha, xonadon ayoli uyini tozalaganda eski narsalarni axlatga chiqarib tashlagan, biroq ular orasida erining yashirib qoʻygan 5 million rubli ham boʻlgan. Ayol bu haqda eri uyga kelganidan soʻng bilgan.
Usmonning taʼkidlashicha, bu hududda koʻplab topilmalarni uchratishi va imkonini topib egalariga qaytarib kelishini bildirgan. Topilgan buyumlar orasida planshet, hatto tilla zanjirlar ham boʻlgan.
“Oʻzbekistonda qizim va oʻgʻlim bor, ular maktabga borishadi. Har doim ular uchun namuna boʻlishga harakat qilaman”, – deydi u.
Qayd etish kerak, 5 mln rubl, taxminan, 65 ming dollar yoki 735 mln soʻmga teng.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Эшқувватов Неъмат
12:01 / 01.01.1970
Респект.Таких людей редко встретиш.Он человек с большой буквой и настоящий мусульман. Дети могут гордится отцом!