Jamiyat
“O‘zgidromet” 8–10-may kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 8-mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 9-10-mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 8-mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja,9-mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 10-mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 8-mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 9-mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 27-32 daraja, 10-mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja, 9-mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 10-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 8-mayda 22-27 daraja, 9-mayda 25-30 daraja, 10-mayda 27-32 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 8-mayda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja, 9-10-mayda kechasi 5-10 daraja iliq kunduzi 17-22 darajagacha ko‘tariladi.
6-may kuni Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining qator tog‘li hududlariga qor yog‘di. Haroratning noldan pasayishi mevalar va gullarni sovuq urishi xavfi yuzaga keltirdi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q