Jamiyat
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Mudofaa vazirligi hamkorligida Ohangaron tumanidagi harbiy qismda “Xotira abadiy, jasorat mangu!» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda hamkor tashkilotlar masʼul xodimlari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari – Toshkent davlat yuridik universiteti professori Feruza Muhiddinova, aktyor Alisher Otaboyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, isteʼdodli xonanda Kumush, harbiylar hamda tumandagi maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda ikkinchi jahon urushida ajdodlarimiz koʻrsatgan qahramonliklar, mamlakatimizda Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish anʼanaga aylangani xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi.
– Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuygʻusi bilan barhayotdir. Xotira kechagi oʻtmishni, ajdodlar oʻgitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Oʻz hayotini bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni eʼzozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bagʻrikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”, dedi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi Mahfirat Zikirova. Tadbir davomida Vatan, sadoqat va jasorat haqidagi sheʼr, kuy-qoʻshiqlar aytilib, yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q