Siyosat
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda 5-may kuni Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov maʼlum qilgan.
“Fransiya prezidenti Makronning bu yil Oʻzbekistonga kutilayotgan tashrifi amaliy ahamiyatga ega boʻlishi uchun ikki mamlakat hukumatlarining saʻy-harakatlari talab etiladi”, — degan vazir savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Fransiya hukumatlararo komissiyasi yigʻilishida.
Maʼlumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 2018-yil oktabr va 2022-yil noyabr oylarida ikki kunlik tashrif bilan Parijda boʻlgan edi. Oʻtgan yilgi tashrifda Mirziyoyev fransiyalik hamkasbini oʻzi uchun qulay vaqtda Oʻzbekistonga borishga taklif qilgandi.
Shuningdek, Oʻzbekistonga Vengriya prezidenti Katalin Novak, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Singapur bosh vaziri Li Syan Lun va Singapur prezidenti Halima Yoqubning tashriflari rejada borligi aytildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q