O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish vaqtincha to‘xtatildi

Saqlash
20:38 / 05.05.2023 1831 0

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnomalar berishni vaqtincha to‘xtatdi, deya ma’lum qildi kompaniya matbuot xizmati.

 

Spot nashrining Uzavtosavdo botiga tayanib xabar berishicha, aprel oyi oxirida Tracker xarid qilish uchun navbat 17,7 ming kishidan oshgan. Onix yetkazib berilishini esa 13,7 ming xaridor kutgan. Endi bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 10,5 ming va 7,4 mingga kamaygan.

 

Shartnomaning to‘xtatilishi ushbu modellarning jihozlari yangilanishi bilan bog‘liq. O‘tgan yilning avgust oyida xabar qilinganidek, Tracker va Onix mashinalari qo‘shimcha opsiyalar: tashqi oynalarni isitish tizimi, old o‘rindiqlarni isitish, oyna tozalagich (dvornik) atrofini isitish, ikkinchi orqa qator o‘rindiqlari isitish tizimi, elektr mexanizmga ega haydovchi o‘rindig‘i, rul isitish tizimi, himoya karteri va Redline paketi bilan sotuvga chiqadi.

 

Shartnomalar kelgusi haftada qayta tiklanishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//