Jamiyat
Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining bir qator dolzarb masalalarini, jumladan, savdo, sanoat kooperatsiyasi, sarmoyaviy faoliyat, energetika, logistika, transchegaraviy suv havzalaridan foydalanish, madaniy-humanitar aloqalarni mustahkamlash va boshqa sohalardagi qo‘shma qadamlarni muhokama qilgan.
Alixon Smoilov O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo sheriklaridan biri ekanini ta’kidladi. Xususan, 2022 yil yakunlari bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi rejalashtirilgan 5 milliard dollarga yetdi.
«Bu umumiy sa’y-harakatlar tufayli amalga oshdi. Endi yuqori darajada qo‘yilgan vazifalarga muvofiq, o‘rta muddatli istiqbolda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishimiz kerak», — dedi hukumat rahbari.
Shu bilan birga, u ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalarni hal etishda Qozog‘iston-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining alohida rolini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Abdulla Aripov respublikalar o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash uchun yuksak salohiyat mavjudligini aytib o‘tdi.
«O‘zaro savdoda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston savdo, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan. Umuman olganda, biz qardosh Qozog‘iston bilan munosabatlarni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdormiz», — dedi u.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q