Jamiyat
Toshkentda 5-may kunidan boshlab, 5-, 11-, 18-, 19-, 37-, 44-, 67-, 77-, 83-, 136-, 139-, 142-, 72- va 81-sonli poytaxt boʻylab harakatlanuvchi avtobus yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi maʼlum qildi.
Bu Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi [PQ-59-son] qaroriga asosan amalga oshirilgan.
Brutto-shartnomalar — yoʻlovchi tashishni tashkil etish modeli boʻlib, unda barcha tushumlar shahar byudjetining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi va shahar maʼmuriyati yoʻlovchi tashuvchiga yoʻnalishlar boʻyicha toʻlovlarni bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib, sifat nazorati ostida oʻtkazib beradi.
Boshqarma xabariga koʻra, endi yuqorida qayd etilgan avtobus yoʻnalishlarining quyidagi 9 tasi harakat jadvali vaqtiga oʻzgarishlar kiritiladi. Yaʼni baʼzi yoʻnalishlar yarim tungacha harakatlanadi.
Siyosat
Siyosat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112439
Jamiyat
95100
Jamiyat
91324
Jamiyat
76018
Jamiyat
//
Izoh yo‘q