Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston hududida 6-may, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +20...+22 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +18...+23 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +18...+23 daraja boʻladi.
Qashqadaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.
Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi, baland togʻlarda (2000 metrdan balandda) qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q