Siyosat
O‘zbekistonga 2023-yil yanvar—aprel oylarida 3,1 milliard dollarlik pul o‘tkazmalari kirib kelgan.
Markaziy bank xabar berishicha, pul o‘tkazmalari hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan 20,8 foizga oshgan. Jumladan, dastlabki 3 oydagi pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan baland ko‘rsatkichlarda bo‘lgan bo‘lsa-da, aprel oyida 763 million dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan va bu o‘tgan yilning apreliga nisbatan deyarli 30 foizga kamroq deganidir.
Мarkaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov bunga izoh berar ekan, yil boshidan beri Rossiya rubli 1,4 foizga qadrsizlanganini, bu O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarining ham kamayishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidlagan.
Bundan tashqari, yanvar—aprel oylarida banklarning aholidan valyuta xaridi va aholiga valyuta sotuvi o‘rtasidagi ijobiy tafovut yarim milliard dollarga teng bo‘ldi. Bunda, aholining valyuta sotuvi 3,3 milliard dollarni va aholining valyuta xaridi 2,8 milliard dollarni tashkil qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q