Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyildi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumanida yashovchi fuqaro oʻz oʻgʻlining nomida boʻlgan xususiy korxona 30 sotix yer maydonini xaridorga 100 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand tumanida yashovchi fuqaro oʻz oʻgʻliga tegishli fermer xoʻjaligiga 2010-yil mahalliy hokimlik tomonidan ajratib berilgan yer maydonidan 15 gektarini xaridorga 15 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Yana bir holatda esa Guliston shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs oʻzga bir fuqaroning nomida boʻlgan va dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan 10 sotix sugʻoriladigan yer maydonini, goʻyoki oʻziga tegishli ekanligini aytib, uning 5 sotixini kadastr tizimidagi tanishlari yordamida xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7400 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q