Siyosat
“Nemolchi.uz” loyihasi muallifi o‘lim tahdidi sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etgani haqida xabar berilgan edi. AOKA mazkur holatga munosabat bildirdi.
AOKA bu kabi holatlarni so‘z va axborot erkinligini taʼminlash, jurnalistlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi borasidagi yangicha ochiqlik siyosatiga zid xatti-harakatlar sifatida keskin qoralashi taʼkidlangan. Shunga ko‘ra, AOKA voqelikni o‘rganish hamda vaziyatga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga ushbu masalani nazoratga olishni so‘rab rasmiy xat orqali murojaat qildi.
Ayni paytda Irina Matviyenkoning shaxsiy sahifasida eʼlon qilingan xabar huquqni muhofaza qilish organlari va mutasaddi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.
“Agentlik olib borilayotgan o‘rganish natijalarini diqqat bilan kuzatib boradi hamda jurnalist hayoti xavfsizligi taʼminlanishiga, shuningdek, qonunchilikka zid ravishda tahdid qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishiga ishonadi”, — deyiladi munosabatda.
Irina Matviyenko o‘zining sahifalarida bo‘lgan voqea haqida aytib bergan. Unga ko‘ra, aprel oyida unga o‘lim tahdidi bilan xabar kelgan. Shundan so‘ng u psixologga murojaat qilgan va Tbilisiga ketishga qaror qilgan.
“Hech qachon tahdid meni bunchalik qo‘rqitadi, deb o‘ylamagan edim. Birgina tahdid sabab O‘zbekistondan ketishim xayolimga ham kelmagandi”, — deb yozgan u.
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berib, hozirda jurnalistga kelgan tahdidli xabar Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘rganilayotganini maʼlum qildi.
“Jamoat faoli Irina Matviyenkoning shaxsiy akkauntiga yuborilgan tahdidli xabar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha holatga huquqiy baho beriladi”, — deyiladi IIV bayonotida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q