Jamiyat
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi 4-may kuni har yilgi Yevropa kuni tadbirlariga start beradi.
“Dunyo” xabariga ko‘ra, 2023-yilda Yevropa kuni ham Yevropada, ham O‘zbekistonda inson kapitalining ahamiyatli o‘rniga urg‘u bergan holda ko‘nikmalar yili doirasida o‘tkaziladi. Shuningdek, Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasining 75 yilligi ham diqqat markazida bo‘ladi.
“Biz moliyalashtiradigan loyihalar va dasturlar orqali ayollar, yoshlar va qishloq aholisini bugungi kunda talabgir bo‘lgan va ularning yanada takomillashishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlaymiz”, — dedi ittifoqning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.
Ittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi Yevropa kuni doirasida qator tadbirlar tashkil etishni rejalashtirmoqda. Jumladan, 5-may kuni Yevropa kuni sharafiga Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik opera va balet teatrida klassik musiqali konsert o‘tkaziladi. 6-may kuni Toshkent botanika bog‘ida “Yevropa kuni” festivali bo‘lib o‘tadi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q