Toshkentda aholisi soni eng koʻp uchta tuman maʼlum qilindi

Saqlash
14:39 / 04.05.2023 1252 0

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisiga doir statistik maʼlumotlarni eʼlon qildi.

 

Toshkent shahar Statistika boshqarmasining maʼlumotiga koʻra, 2023-yil 1-aprel holatiga poytaxtda doimiy aholi soni 2 978 200 nafarni tashkil etgan boʻlib, shulardan 1 460 800 nafari erkaklar, 1 517 400 nafari ayollar.

 

Tumanlar kesimida aholisi eng koʻp hududlar uchtaligiga Olmazor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlari kirdi. Yakkasaroy va Bektemir esa aholisi eng kam tumanlar sifatida qayd etildi.

 

2023-yil 1-aprel holatiga aholi tumanlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

 

• Olmazor tumani — 397,1 ming; 
• Yunusobod tumani — 369,5 ming; 
• Shayxontohur tumani — 361,8 ming;  
• Mirzo Ulugʻbek tumani — 324,9 ming; 
• Uchtepa tumani — 295,3 ming;  
• Yashnobod tumani — 293,0 ming;  
• Chilonzor tumani — 272,9 ming;                             
• Yangihayot tumani — 164,4 ming; 
• Mirobod tumani — 150,1 ming;  
• Sergeli tumani — 163,8  ming;  
• Yakkasaroy tumani — 128,6 ming;  
• Bektemir tumani — 56,8 ming.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//