3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni

Saqlash
16:53 / 03.05.2023 1716 0

BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyutsiyasiga koʻra, 1994-yildan boshlab har yili 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

 

1991-yil 3-may kuni Namibiyada mustaqil va plyuralistik Afrika matbuotini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Vindxuk deklaratsiyasi imzolangan. Ushbu sana Jahon matbuoti erkinligi kuni deb eʼlon qilingan. Mazkur deklaratsiyada bayon etilgan matbuot erkinligini taʼminlashga doir talablar BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yilda shu sananing taʼsis etilishiga turtki boʻlgan.

 

1993-yilda BMT Bosh Assambleyasida 3-may sanasini “Jahon matbuot erkinligi kuni” deb eʼlon qilish va shu kunda Jahon matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan.

 

Har yili shu kun munosabati bilan BMT dunyo davlatlaridagi matbuot erkinligi hisobotini eʼlon qiladi. BMTning taʼlim, fan va madaniyat ishlari boʻyicha tashkiloti (UNESKO) esa shu kunda dunyo jurnalistlari orasidan oʻzining dolzarb maqolalari bilan matbuotda chiqish qilgan bir nafar jurnalistni maxsus mukofot bilan taqdirlaydi. Mukofot jamgʻarmasi 25 ming AQSH dollaridan iborat. Bu mukofot 1997-yilda kolumbiyalik jurnalist Gilyermo Kano oʻldirilishi ortidan joriy qilingan. 2021-yilda ushbu mukofotni filippinlik Mariya Ressa qoʻlga kiritgan.

 

Jahon matbuoti erkinligi kuni butun dunyoda, jumladan, Oʻzbekistonda ham har yili nishonlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//