Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan may oyida kutilayotgan ehtimoliy ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.
Ushbu yilda may quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. Hafta davomida havo harorati biroz pasayadi va kunduzi 23-28 darajani tashkil etadi, oʻn kunlikning oxirida esa harorat yana koʻtarila boshlaydi. Keyinchalik may oyining oxirigacha harorat kechalari 10-13 darajadan 17-20 darajagacha, kunduz kunlari 22-25 darajadan 32-35 darajagacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
1-maydan 10-maygacha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat 4-may kuni shimoli-gʻarbiy hududlarda, 6-7-may kunlari respublikaning qolgan hududlarida asosan jadalligi biroz boʻlgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomgʻirlar yogʻishi mumkin. Umuman olganda, may oyida yogʻingarchilik meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Ammo shuni esdan chiqarmasligimiz joizki, may oyida ob-havo oʻzgaruvchandir. Koʻpincha may oyida kuchli jala yomgʻirlar yogʻadi, bunda bir necha soat ichida oylik yogʻingarchilik meʼyorining yarmigacha yoki undan koʻp qismi yogʻishi kuzatiladi.
Toshkentda bir kecha-kunduz uchun maksimal yogʻingarchilik miqdori oylik meʼyor 41 mm boʻlganda 50 mm ni tashkil etadi, Toshkent viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlarida may oyining ayrim kunlari bir kecha-kunduzgi yogʻingarchilik miqdori 90-120 mm boʻlgan juda kuchli jala yomgʻirlar yogʻishi kuzatilgan edi. Koʻpincha bunday yomgʻirlar mahalliy xarakterga ega va hatto bitta shahar ichida juda turli jadallikka egadir.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli jala yomgʻirlar yogʻib oʻtishi ayniqsa xavflidir. Ular sel kabi tabiiy hodisaning shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q