Jamiyat
Oʻzbekiston maktablarida taʼlim berayotgan erkak pedagoglar soni soʻnggi 5 yilda qariyb 28 ming nafarga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilida respublika boʻyicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni (oʻrindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 159,9 ming nafarini yoki jami pedagoglarning 30,7 foizini erkak pedagoglar tashkil etgan.
2022/2023-oʻquv yilida 2018/2019-oʻquv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 foizga koʻpaygan. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida maktablarda taʼlim berayotgan erkak pedagoglar soni koʻp.
Hududlar kesimida umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan erkak pedagoglar soni:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 9,9 ming nafar;
Andijon viloyati — 10,4 ming nafar;
Buxoro viloyati — 7 ming nafar;
Jizzax viloyati — 11 ming nafar;
Qashqadaryo viloyati — 22,9 ming nafar;
Navoiy viloyati — 5,3 ming nafar;
Namangan viloyati — 11 ming nafar;
Samarqand viloyati — 23,1 ming nafar;
Surxondaryo viloyati — 19,7 ming nafar;
Sirdaryo viloyati — 4,8 ming nafar;
Toshkent viloyati — 9,8 ming nafar;
Fargʻona viloyati — 13,3 ming nafar;
Xorazm viloyati — 7,9 ming nafar;
Toshkent shahri — 3,8 ming nafar.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q