Toshkentda qoraqalpoq mumtoz adiblariga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha oʻtkaziladi

Saqlash
21:20 / 02.05.2023 1450 0

Ertaga, 3-may kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talaba-yoshlari tomonidan qoraqalpoq mumtoz adabiyotiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston Qahramonlari Toʻlepbergen Qaypbergenov, Ibroyim Yusupovlarning hayoti va ijodi boʻyicha “Sahro bulbullari nomini olgan adiblar” adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov ijodi XX asrning ik­kinchi yarmi XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabi­yotining yorqin sahifalarini tashkil etadi. Sharq va mumtoz adabiyotimiz, rus va jahon adabiyoti dur­donalari bilan yaqindan tanishib, ulardan badiiyat sirla­rini o‘rgangan Ibroyim Yusupovning ilk ijodiy namunasi – “Vatanim” she’ri e’lon qilingan paytdan umri oxirigacha chop etilgan “Baxt lirikasi”, “Kunchiqar yo‘lovchisiga”, “O‘y­lar”, “Yetti navo”, “Dala orzulari”, “Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar”, “To‘maris”, “Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo”, “Tuzli shamollar”, “Umr, senga oshiqman”, “Har kimning o‘z zamoni bor”, “Buloqlar qaynaydi”, “Oltin qirg‘oq”, “Sahro oruvlari”, “Cho‘l to‘rg‘ayi”, “Rahmat senga, zamonim!”, “Qora tov” she’riy to‘plamlari qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotining go‘zal namu­nalari bo‘lib qoldi. Ulardan shoirning dostonlari ham joy olgan. U bir qator pesa va publitsistik maqolalarning ham muallifi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//